O‘zbekistonda koronavirusdan davolashda “Plakvenil”ni qo‘llashga qarshi bo‘lgan shifokorga tahdid qilindi

Jamiyat

“Plakvenil”, “Gidroksixloroxin” kabi dori vositalarining koronavirusni davolamasligi va ba’zi hollarda inson salomatligiga zarar keltirishini aytib chiqqan mutaxassis Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliĭ palatasi tibbiĭ standart va protokollarni ishlab chiqarish bŭлими boshlig‘i Klara Tohirovna Yodgorova tahdidga uchradi. Buni uning o‘zi “Tez yordam” ko‘rsatuvning navbatdagi sonida tasdiqladi.

“Notanish odamlar qo‘ng‘iroq qilib, “ehtiyot bo‘ling opajon”, deyishdi", dedi Yodgorova.

Klara YodgorovaJahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham o‘z bayonnomalaridan chiqargan dorilardan foydalanmaslik kerakligini aytgan va ularni O‘zbekistondagi protokollardan ham chiqartirib tashlagan.

Biroq so‘nggi kunlarda ushbu dorilarni yana protokolga kiritish harakati boshlangan.

Bundan avvalroq, Klara Yodgorova pandemiya boshida koronavirusni davolash uchun aniq dori vositasi yo‘q bo‘lgani uchun xloroxin, gidroksixloroxin, azitramitsin kabilarni qo‘llash boshlanganini aytgandi. Ammo o‘rganishlar natijasida olimlar bu dorilarning nafaqat samara bermasligi, balki bemorlarda o‘lim xavfini oshirishi mumkinligini aniqlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Klara Yodgorova

Baholaganlar

659

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing