O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar 3045 nafarga tushdi
Jamiyat
−
26 Sentabr 2020
9296Bugun, 26 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 159 kishiga ortib, 54 819 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 149 nafari Toshkent shahrida;
• 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
• Toshkent shahrida 214 nafar;
• Toshkent viloyatida 108 nafar;
• Andijon viloyatida 16 nafar;
• Jizzax viloyatida 16 nafar;
• Samarqand viloyatida 10 nafar;
• Xorazm viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, mamlakatda 51 322 (+368) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 14 hududdagi davolash muassasalarida 3045 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda.
LiveBarchasi