O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar qariyb 50 mingga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 233 nafarga oshib, 49 994 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 157 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Buxoro viloyatida, 14 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, yana 12 nafari Toshkent viloyatida, 11 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan 78 yoshli O.Sh. (ayol) hamda Termiz shahrida yashagan 36 yoshli S.V. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 46 092 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 485 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing