O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 44 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 sentyabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44107 (+132) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•  111 nafari Toshkent shahrida; 
•  9 nafari Buxoro viloyatida; 
•  6 nafari Namangan viloyatida; 
•  5 nafari Toshkent viloyatida; 
•  1 nafari Surxondaryo viloyatida  aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 72 yoshli I.K. (erkak) hamda Angren shahrida yashagan 56 yoshli R.Ye. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 41594 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2157 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 430 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

161

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing