7 hududda 250 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 20 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 366 (+254) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 198 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda yana 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 65 yoshli K.K. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 54 yoshli I.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda  32 944 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 4 172 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 330 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing