O‘zbekistonda koronavirus sabab maktablar yopiladimi?

Jamiyat

Dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi tarqalishda davom etyapti. O‘zbekiston hududida bu kasallik bilan bog‘liq vaziyat hozircha aniqlanmadi. Shunga qaramay aholi o‘rtasida respublikaning u yoki bu hududida koronavirusga chalinish holati aniqlangani haqida turli mish-mishlar tez-tez tarqalyapti.

So‘nggi vaqtlarda hatto koronavirus sabab maktab va bog‘chalar yopilishi hamda uzoq muddatli ta’til e’lon qilinishi haqida xabarlar ham tarqaldi. Ushbu sarosima uyg‘otuvchi xabarlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov munosabat bildirib, yo‘q yerga vahima ko‘tarish kerakmasligini ta’kidlab o‘tdi. 

“O‘zbekistonda koronavirus yo‘q. Bu kasallik respublikamizga kirib kelmganligi uchun taxlikaga o‘rin hamda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga to‘sqinlik yo‘q. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bilan bir qatorda o‘quv tarbiya mashg‘ulotlari va boshqa bir qator jarayonlarga ham bu o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsata olmaydi. Qachonki ushbu infeksiya chetdan kirib kelsa, aholi o‘rtasida tarqalnishni boshlasagina aytish mumkinki xalqaro tajribaga suyangan holda, aynan qaysidir maktab yoki bog‘chalarda va o‘sha hududdagina yopilish ehtimoli bo‘lishi mumkin. 

Aholi hozirgi kunda virus to‘g‘risida ko‘p ma’lumotga ega ekanliklarini inobatga olgan holda, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya va boshqa bir qator infeksiya tarqalgan davlatlarda maktab bog‘chalarning yopilishi va kerak bo‘lsa shaharlarni karantinga olinishini kuzatganda o‘ylashadiki, bizda ham shunday tadbirlar amalga oshiriladi”, deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitaniya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov

Uning so‘zlariga ko‘ra, aholi orasida hamda maktab va bog‘chalarda virusga qarshi aytilgan tavsiyalarga rioya qilinsa, O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaydi va tarqalmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab SSV koronavirusi

Baholaganlar

724

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing