O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 84 nafarga yetdi
Jamiyat
−
19 iyul 2020 18067 1 daqiqa
Bugun, 19 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu mamlakatdagi 84-qurbon bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qibray tumanida yashovchi 67 yoshli U.A.da (ayol) joriy yil 10 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Toshkent shahridagi 1 – sonli klinik shifoxonaga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
16 iyul kuni esa o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani sababli sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi apparatiga olingan. Unga “COVID-19” infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.
Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, diabetik ensefalopatiya, diabetik nefropatiya asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi homroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28