O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 73 nafarga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu mamlakatdagi 73-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Chilonzor tumanida yashovchi 53 yoshli fuqaro Sh. A. (erkak) shu yilning  6 iyulida holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, bosh og‘rig‘i, hansirash paydo bo‘lgach, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va bemorda COVID-19 tasdiqlangan. Shundan so‘ng u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanishni boshlagan. 

Bemorga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Bemorda, shuningdek,  yurak ishemik kasalligi, qandli diabet 2-turi, semizlik 2-3-darajasi borligi ham qayd etilgan.

So‘nggi kunlarda  bemorning  ahvoli yomonlashgan, zudlik bilan o‘pka, yurak reanimatsiyasi amalga oshirilgan.  O‘tkazilgan muolajaga qaramasdan, yurak ritmi tiklanmagan va bemor o‘tkir yurak qon-tomir hamda nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing