O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 700 nafardan oshdi
Jamiyat
−
09 iyun 2021 4545 2 daqiqa
Kecha, 8 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102362 nafarni tashkil etmoqda. SSV ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida 199 kishida virus aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 4 nafari Andijon viloyatida,
• 4 nafari Buxoro viloyatida,
• 7 nafari Jizzax viloyatida,
• 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 2 nafari Navoiy viloyatida,
• 2 nafari Namangan viloyatida,
• 12 nafari Samarqand viloyatida,
• 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 1 nafari Xorazm viloyatida,
• 32 nafari Toshkent viloyatida,
• 110 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Buxoro viloyatida 9 nafar,
• Jizzax viloyatida 14 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,
• Navoiy viloyatida 2 nafar,
• Namangan viloyatida 5 nafar,
• Samarqand viloyatida 23 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 23 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
• Xorazm viloyatida 7 nafar,
• Toshkent viloyatida 30 nafar,
• Toshkent shahrida 182 nafar bemor sog‘aydi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 98445 (+316) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 701 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3216 nafar bemor davolanmoqda.
Live
Barchasi