O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiyadan kelgan ikki kishida ushbu virus aniqlangan.

Joriy yilning 15 mart kuni soat 05:15 da “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga  qarashli Istanbul–Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Istanbuldan mazkur reys bilan birga kelgan bemorning turmush o‘rtog‘i va yana bir fuqaroda ham ushbu infeksiya tasdiqlangan.

Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan ushbu bemorlarning ahvoli hozircha  qoniqarli bo‘lib,  shifokorlar tomonidan  standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00 da qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan bemor – oliy toifali shifokor 11 mart kuni Fransiyadan qaytgan bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 182 609 kishi koronavirusga chalingan. Shundan, 7171 nafar bemor vafot etgan, 79 883 nafar bemor xastalikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

556

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing