O‘zbekistonda koronavirus bemorlari uchun tayyorlangan koykalar miqdori ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishga mo‘ljallangan 120 ta muassasa, ularda 21 ming kishilik o‘rinlar tayyorlandi. Ularda 2 mingdan ortiq reanimatsion o‘rinlar mavjud. Bundan tashqari, bemorlar shifoxonalarga yetib borgunga qadar ularning holatini aniqlash maqsadida saralash va taqsimlar markazlari tashkil etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev ma’lum qildi. 

“Kasallanish holati ortib borayotgan vaqtning o‘zida, yoz oylarida to‘rtta saralash markazlari tashkil etilgan edi. Bunga nafaqat Sog‘liqni saqlash tizimidagi, balki huquqni muhofaza qilish organlari qoshidagi tibbiyot muassasalari ham jalb qilindi. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, DXX huzuridagi gospital va ulardagi tibbiyot salohiyati asosida saralash markazlari jamlandi. Ularda tashkil etilgan o‘rinlar 2400 taga yetdi. Bunday markazlar viloyatlarda ham ochildi. Hozirgi kunda ularning soni 31 taga yetgan. Ularda qariyb 10 ming o‘rin tayyorlangan. Ularning barchasi kislorod konsentratorlari bilan ta’minlanmoqda”. 

Musayevga ko‘ra, avval IVL jihozlari barmoq bilan sanarli bo‘lib, ular ayrim tibbiyot muassasalarining jonlashtirish yoki jarrohlik bo‘limlarida bo‘lgan, xolos. O‘tgan davr oralig‘ida esa 800 ta IVL jihozlari keltirilgan. 1 500 ga yaqin sipap, 4 000 mingdan ortiq kislorod konsentratorlari, 1 000 ga kardiomonitor xarid qilingan. 

Bosh vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, bugungi kunda respublikasi koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalardagi jonlantirish bo‘limlarining barchasi deyarli to‘liq sifatli xizmat ko‘rsatishga shay holatga keltirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova O‘zbekiston pandemiyaning ikkinchi to‘lqiniga tayyorligini, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 114 ta muassasada 19 346 ta o‘rin tashkil etilgani, yana 10 mingga yaqin qo‘shimcha zaxira shifo o‘rinlari tayyorlash ishlari olib borilayotginini ma’lum qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Behzod Musaev Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing