O‘zbekistonda koronavirus bemorlari deyarli 100 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
20 iyun 2020
9552Bugun, 20 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni94 nafarga oshib, 6119 nafarni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1827 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi