O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumlar ertaroq ozod qilinishi mumkin
Jamiyat
−
13 fevral
1806Bugun, 12 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 1 ta kitob o‘qigan mahkumlarning jazosini 3 kunga qisqartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi va birinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Ushbu loyiha bilan Jinoyat kodeksiga kitob o‘qishga jalb qilish orqali mahkumlarni axloqan tuzatish bo‘yicha yangi 74-1-modda kiritilmoqda. Unga ko‘ra, faqat jazo muddatini to‘liq o‘tashi lozim bo‘lgan mahkumlarga nisbatan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 1 ta kitob o‘qigan va belgilangan tartibda imtihon topshirgan taqdirda jazosini 3 kunga qisqartirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ushbu kodeksning 73, 74-moddalari asosida esa jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilrog‘i bilan almashtirish masalasini hal etish vaqtida inobatga olinishi belgilanyapti.
Bundan tashqari, o‘zini o‘zi tarbiyalash yo‘li bilan tuzalish yo‘liga o‘tganligini tasdiqlovchi harakatlarni bajarishi munosabati bilan jazo muddatini qisqartirishni protsessual tartiblari hamda zarur bo‘lgan adabiyotlar bilan ta’minlashni belgilash bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksi 536-1-moddasi, Jinoyat-ijroiya kodeksi 80-1-moddasi bilan to‘ldirish nazarda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yil 1 maydan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga BHMning 6 baravari miqdoridagi bir martalik nafaqa puli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali to‘lanishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


