O‘zbekistonda Kiberxavfsizlik to‘g‘risida qonun ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

2020–2023 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida:

2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha choralar ko‘riladi, shu jumladan 2020–2023 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi;

Loyihada:

•    axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimini zamonaviy kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish;

•    kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat organlari, korxona va tashkilotlarning huquqlari

•    va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

•    ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash nazarda tutiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat dasturi Kiberxavfsizlik

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing