O‘zbekistonda xususiylashtiriladigan ob’ektlar ro‘yxati kengaydi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2020
5503O‘zbekistonda xususiylashtiriladigan korxonalar haqidagi ro‘yxati yangilandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu ro‘yxat uchinchi marta yangilanyapti. Hozir ro‘yxatga jami 65 ta korxona va ular haqida ma’lumot kiritilgan.
Yangilangan ro‘yxatda, “Toshneftgazqurilish” AJ, MCHJ “Dehqonobod kaliy zavodi”, “O‘zagrolizing” AJ, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “Foton” AJ, “Sharq” AJ, AJ Farg’onaazot, “Ichan qa’la” mehmonxonasi, “Beldersoy oromgohi” dam olish maskani va “Chorvoq” dam olish maskani ham qo‘shilgan.
Narxlar faqat aktivlarning bir qismi uchun ko‘rsatilgan, ko‘p holatlarda moliyaviy ko‘rsatkichlar ham keltirib o‘tilgan — shu orqali korxonaning daromadlari, aktivlari va kapitalining rentabelligi, foyda ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olish mumkin.
Davlat ushbu aktivlarni xususiy biznesga investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlar yaratilish va biznesni yanada rivojlanishi umidida sotmoqda.
LiveBarchasi