Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash rejalashtirilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda madaniy hordiq maskanlari hududini qisqartirish, ularda bino-inshoot qurishni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 26 noyabrdagi yig‘ilishida deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Deputatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan qonun loyihasida madaniy hordiq maskanlarini, ularning yerlarini hamda ushbu yerlardagi bino-inshootni begonalashtirishni, madaniy hordiq maskanlari hududini qisqartirish, ularda bino-inshoot qurish (yengil turdagi ob’ektlar bundan mustasno) yoki mavjud bino-inshootning qurilish osti maydonini kengaytirishni taqiqlash nazarda tutilmoqda. Bu turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan “botanika bog‘lari” muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatiga kiritilyapti. “Botanika bog‘lari” va ularning yerlarini ham begonalashtirish, ularning hududida bino-inshootlar qurish yoki qurilish osti maydonlarini kengaytirish taqiqlanmoqda.

Munozaralar davomida deputatlar qonun loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, ayni chog‘da zaruratiga alohida e’tibor qaratib, loyihada nazarda tutilayotgan ayrim normalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, takliflarini bildirgan. Qonun loyihasi yuzasidan ko‘tarilgan ayrim savollar yuzasidan tashabbuskor deputatlar tomonidan batafsil javoblar qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Adolat” partiyasi istirohat bog‘larini xususiylashtirishni taqiqlashni taklif qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

xususiylashtirish sayilgoh va xiyobonlar Istirohat bog'lari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing