O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist koronavirusdan vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayev koronavirusdan vafot etdi. Uning vafoti haqida 13 iyul kuni xabar berilgandi. Ammo unig o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgani faqatgina 16 iyulda ma’lum bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi kecha, 16 iyul kuni Guliston shahrida yashovchi 67 yoshli fuqaro A.A. koronavirusdan vafot etganini bildirdi. Xususan, vazirlik xabarida shunday deyilgan:

“Guliston shahrida yashovchi 67 yoshli fuqaro A.A. (erkak) tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, umumiy holsizlik sababli COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan. 5 iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va shu kuni Toshkent shahridagi Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

12 iyul kuni o‘tkir nafas yetishmovchiligi hisobiga reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay, bemor ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sababli vafot etdi”.

Ma’lumot uchun, Adham Abdullayev 1953 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2002 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan.

Adham Abdullayev 1975 yil O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining yo‘llanmasi bilan Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida o‘z ijodiy faoliyatini boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

755

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing