O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi bilan emlanganlar soni 2 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Kecha, 13 yanvar  holatiga O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoyning ZF 2001 vaksinasi bilan emlanganlar 2129 nafarga yetdi.

Umumiy tashrif buyurganlar 5929 nafarga yetgan. O‘zbekiston fuqarolari ZF 2001 vaksinasining III faza sinov bosqichlari doirasida emlanyapti.

Ularning hammasi ham vaksina bilan emlanmagan, ayrimlariga platsebo, ya’ni vaksina bilan bir xil ko‘rinishga ega, o‘zida nomzod vaksina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuboriladi.

Ushbu sinov ikki tomonlama noma’lum bo‘lganligi uchun na shifokor va na ko‘ngilli vaksina yoki platsebo olganini bilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing