O‘zbekistonda xayriya qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi beriladimi?

Jamiyat

image

Kecha, 24 aprel kuni Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ishtirok etdi va fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berdi. 

Tadbirkorlar yoki tadbirkorlik sub’ektlari qanday tartibdagi xayru ehsonni amalga oshirsa, qaysi soliqlar bo‘yicha qanday miqdorda imtiyozga ega bo‘ladi?

“Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 75-moddasiga asosan, ayrim soliqlar imtiyozlari belgilash Prezident qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.

Shunga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlari uchun xayr-ehsonni amalga oshirgan taqdirda, nazarda tutilayotgan soliq imtiyozlari — ular qaysi soliq turlari bo‘yicha berilishi hamda ularni qo‘llash shartlari yuzasidan Prezident qarori qabul qilingandan keyin, navbatdagi brifinglarda qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, dedi Muzaffar Yusuf Nazarov.

Avvalroq, O‘zbekistonda karantin choralari yumshatilishi va qator sohadagi tadbirkorlarga ma’lum shartlarni bajargani holda faoliyatini tiklashga ruxsa berilgani haqida xabar bergan edik.

 


Maqola muallifi

Teglar

soliq imtiyoz

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing