O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun koronavirusga chalinganlar 300 nafardan kam bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekistonda 295 holatda kasallik qayd etildi. Jami kasallanganlar soni 43 370 nafarga yetdi. bu haqad Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan hamda Andijon viloyatlarida jami 448 nafar bemor sog‘aydi. Shu tariqa bugun mamlakatda sog‘ayganlar soni koronavirus qayd etilganlar ko‘rsatkichidan ko‘p bo‘ldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 370 nafar bemordan 40 880 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 147 nafar bemordan 366 nafari og‘ir, 198 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

438

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing