O‘zbekistonda “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi
Jamiyat
−
04 noyabr 2025 2070 1 daqiqa
Adabiyot, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohalarida yuksak natijalarga erishayotgan hamda milliy va umumbashariy qadriyatlar rivojiga, global madaniy taraqqiyotga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mahalliy hamda xorijiy ijodkor va ziyolilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Bu haqda kecha, 3 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazib boriladi:
- a) adabiyot;
- b) madaniy meros;
- v) teatr va kino;
- g) musiqa va raqs;
- d) tasviriy va amaliy san’at;
- j) moda va dizayn;
- z) ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.
Shuningdek, xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi, g‘oliblarga xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda jadidchilik harakati yetakchilaridan biri, ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy hamda teatr va kino aktyori, rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etilgandi.
Live
Barchasi