O‘zbekistonda karantinga olinganlar qariyb 65 mingga yetdi

Jamiyat

image

26 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Koronavirus pandemiyasi sabab karatinga olinganlar 63 853 kishini tashkil etmoqda. Ularning 50 100 nafari uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olingan bo‘lsa, yana 13 753 nafari tibbiyot muassasalarida saqlanmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ayni vaqtda Toshkent shahri bo‘yicha karantinda saqlanayotganlar 5393 kishini tashkil etmoqda. Bulardan 2704 nafari uy sharoitida, 2689 nafari esa tibbiyot muassasalarida qolmoqda. 

Toshkent viloyatida esa jami 6192 kishi karantinda. Ulardan 3873 nafari uyda, 2319 nafari tibbiyot muassasasida. 

Sirdaryoda karantindagilar 4128 kishini tashkil qilgan bo‘lib, ulardan 3132 nafari uyda, 996 nafari tibbiyot muassasasida. 

Jizzaxda karantinga olinganlar 2011 nafarga yetdi. Viloyatda vaziyat ancha barqaror. Shu bois karantindagilarning 1992 nafari uyda, 19 nafari tibbiy muassasada. 

Samarqand viloyatida karantinga olinganlar 15 454 nafar. Ulardan 13 768 nafari uyda, qolgan 1686 nafari tibbiy muassasada. 

Navoiyda karantinga olinganlar 2970 kishi. Ulardan 2640 nafari uyda, 330 nafari tibbiy muassasada.

Buxoro viloyatida 3140 kishi karantinda saqlanmoqda. Ularning 2228 nafari uyda, 912 nafari tibbiy muassasada.

Farg‘ona viloyatida 8054 kishi karantinga olingan. Ulardan 7342 nafari uyda, qolgan 712 nafari tibbiy muassasada.

Namanganda 1854 kishi karantinga olingan. Ulardan 1055 nafari uyda, 799 nafari tibbiy muassasada.

Andijonda 2182 kishi karantinda qolmoqda. Ularning 604 nafari uyda, qolgan 1578 nafari tibbiy muassasada.

Qashqadaryoda 5518 kishi karantinga olingan. Ularning 4984 nafari uyda, 534 nafari tibbiy muassasada.

Surxondayorda eng past ko‘rsatkich qayd etildi. Viloyatda 1074 kishi karantinda qolmoqda. Ulardan 1034 nafari uyda, bor-yo‘g‘i 40 kishi nafari tibbiy muassasada.

Xorazm viloyatida 2858 kishi karantinga olingan. Ulardan 2276 nafari uyda, 582 nafari tibbiy muassasada.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3025 kishi karantinga olingan. Ulardan 2468 kishi uy sharoitida, qolgan 557 nafari tibbiy muassasada.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda karantinga olinganlar 28 066 kishini tashkil etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing