O‘zbekistonda qo‘llanilgan vaksinalar 1,6 mln dozadan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash ishlarida 1,6 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 22 mayda mamlakat hududlari bo‘ylab 42065 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 14584 nafarni; 
  • 2-bosqichda emlanganlar 27481 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 1600504 doza vaksinadan foydalanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 1183943 nafarni; 
  • 2-bosqichda emlanganlar 416561 nafarni tashkil qildi.

22 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Namangan viloyati (6297 doza);
  • Farg‘ona viloyati (5514 doza);
  • Toshkent shahri (4984 doza) doza) band qildi. 

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 214769 doza;
  • Andijon viloyatida 198815 doza;
  • Namangan viloyatida 180003 doza;
  • Samarqand viloyatida 159204 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing