O‘zbekistonda Qozog‘istondagidek noma’lum kasallik tarqalganmi?
Jamiyat
−
23 iyul 2020
28752Avvalroq, Qozog‘istonda odamlar noma’lum kasallikdan vafot etayotgani, ammo ularda koronavirus aniqlanmagani haqida xabar bergan edik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu kasallik koronavirus bo‘lishi kerakligini taxmin qilib, test noto‘g‘ri o‘tkazilganiga ishora qildi.
So‘nggi haftalarda O‘zbekistonda ham ko‘plab odamlar uyida isitmalab yotib, keyin vafot etayotgani haqida xabarlar ko‘paydi. Bu pnevmoniya kasalligi ekani aytildi. Ammo rasmiylar bu borada aniq ma’lumot bermadi. Shu sababdan taxminlar taxminlar tug‘ilaverdi.
O‘zbekistonda pnevmoniya kasalligi avj olyaptimi yoki Qozog‘istondagidek hali noma’lum kasallikmi deya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovni savolga tutdik.
“Yuqumli kasalliklar tarqalish maydonida, odamzodni bir vaqtning o‘zida ikkita dushmani bo‘lmaydi. Qozog‘istonda pnevmoniya tarqalayotganligi to‘g‘risida yoki noma’lum pnevmoniya odamlarni o‘limiga sabab bo‘layotgani haqidagi axborotlarga men ishonmayman. Bitta odamni ikkita do‘sti dushmanlik qilishi mumkin, lekin mikroorganizmilar bu borada bir-biriga sadoqat qiladi. Biri bor maydonga ikkinchisi burnini tiqmaydi. Ularda antagonizm va sinirgizim degan holat bor.
Hozir bizni ro‘paramizda turgan kasallik qo‘zg‘atuvchi bu COVID-19 virusi. Boshqa pnevmoniya haqida gap bo‘lish mumkin emas. COVID-19 virusi ko‘payib ketgan, gripp parogripp vena va reya virus qo‘zg‘atuvchilar ham qisman kamayib unga yo‘l berib turipdi. Qachonki bu virus ortga chekinsa, bu bo‘shliqqa boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchi kirib kelishi mumkin. Agar bizda pnevmoniya ko‘payib ketdi desak, buning sababchisi sifatida koronavirusni ko‘rishimiz kerak”, deya vaziyatni tushuntirdi Otabekov.
Shunda muxbirimiz unga koronavirus testi o‘tkazilganda natija manfiy bo‘layotgani nimadan deya, savol berdi.
“Albatta, testlarni ham o‘ziga yarasha sezgirlik darajasi bor. Bilasizmi, qachon biz kasallik bo‘la turib manfiy natija olamiz, ya’ni kasallik borligini tasdiqlay olmaymiz. Birinchidan, kasallik endi boshlangan davrda, hali virus miqdor jihatidan ko‘p bo‘lib, virus yuklamasi o‘ta past bo‘lgan vaqtida tahlil olinsa, reogentlar virusni ilg‘ab ololmagan bo‘lishi mumkin. Ikkinchi sabab kasallik o‘tib ketib virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga kelgan va shu darajada yuqorilagan bo‘lsa reogentlar chalg‘ishi mumkin. Yana bir sabab ishlatayotgan test sistemalarimiz sifat nuqtai nazaridan pand berishi mumkin. Hozir O‘zbekistonda to‘rt xil test sistemasi ishlatilyapti, har namuna olish texnikasiga amal qilmaslik, olingan namunani tashish texnikasiga amal qilmaslik, namunani olgan vaqtda joylashtiradigan konservantni sifatini buzib qo‘yish holatlarda shunday laboratoriya natijasiga ta’sir qilish holatlari mavjud”, deydi Nurmat Otabekov.
Nurmat Otabekov shu va boshqa savollarga qanday javob berdi? Ushbu videointervyuni to‘liq shaklda YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi