O‘zbekistonda Qozog‘iston vaksinasi ishlab chiqarilishi mumkin

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston o‘zining koronavirsga qarshi QAZCOVID-IN nofaol vaksinasini O‘zbekistondagi korxonalarda ishlab chiqarishni taklif qildi. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy O‘zbekiston SSV rahbari Abduhakim Hojiboyev bilan uchrashuvda shunday taklif bildirdi.

“Epidemiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni faollashtirish, bunday vaziyatlarda tezkor javob qaytarish borasida o‘zaro samarali hamkorlik tuzish, shuningdek, mana shunday epidemiologik vaziyatlarda doimiy axborot almashish va uni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishni taklif qilamiz”, dedi A.Soy.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari Erali Tugjanov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishmoqda.

Kecha, delegatsiya a’zolari Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham bo‘lib, koronavirusni davolash borasidagi O‘zbekiston tajribasi bilan tanishgandi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston vaktsina

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing