“O‘zbekistonda qoyilmaqom uikend o‘tkazdim” – Roy Jons

Sport

image
GFC-20 turniri ommaviy vazn o‘lchash marosimi qanday o‘tdi? (fotoreportaj) north_east

GFC-20 turniri ommaviy vazn o‘lchash marosimi qanday o‘tdi? (fotoreportaj)

Boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni kichik Roy Jons Toshkentda o‘tgan GFC-20 musobaqasiga tashrifi, amaldagi UFC chempioni Habib Nurmuhamedov bilan uchrashuvidan olgan taassurotlarini ma’lum qildi.

“O‘zbekistonda MMA musobaqasida sobiq, amaldagi va bo‘lajak sport yulduzlari bilan qoyilmaqom uikend o‘tkazdim. Habib va uning otasi bilan uchrashganim ajoyib bo‘ldi”, degan sobiq chempion ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, GFC musobaqasi Toshkentdagi “Humo Arena”da bo‘lib o‘tdi. Musobaqa doirasida 12 jang o‘tkazildi. Musobaqaning asosiy jangida UFC chempionining qarindoshi Umar Nurmuhamedov argentinalik Brayan Gonsales bilan jangda GFC unvonini himoya qildi.

Musobaqadan avval o‘tkazilgan Matbuot anjumanida Habib Toshkentda jang o‘tkazishga tayyorligini, faqat O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi UFC bilan kelishishi kerakligini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Roy Jons GFC

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing