O‘zbekistonda QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

Jamiyat

image

Prezident qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilganlarning xaridlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi.

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

  •  un;
  •  shakar;
  •  dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek, "Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi. Ilgari ma’lum bir qiymat belgilanmagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston QQS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing