O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi?
Bu qiziq
−
14 may 2021
15177Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik ovchi O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otib o‘ldirgani, buning uchun Ekologiya qo‘mitasi rahbaridan ruxsatnoma olgani bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi.
Muhokamalar avj olishi ortidan Adliya vazirligi O‘zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshirilishini eslatib o‘tdi.
Qayd etilishicha, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, hayvonot dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish (ovlash, ko‘paytirish maqsadida tutqunlikda saqlash va h.k.) tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oshiriladi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10 dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10 mayga qadar) bo‘lgan muddatda Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi joriy yil 3 mart kuni Rossiya Federatsiya fuqarosi Shirokovu Ye.P.ga O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan 2 ta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otishga №400030-son ruxsatnoma berilganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi