Ekoqo‘mita raisining ruxsati bilan kamyob qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgani aytilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida kamyob qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. E’tiborli jihati, bunga O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Alisher Maksudovning imzosi bilan ruxsat berilgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yil 3 mart kuni Rossiya Federatsiya fuqarosi Shirokovu Ye.P.ga O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan 2 ta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otishga №400030-son ruxsatnoma berilgan.

Mazkur ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bo‘stonliq tuman inspeksiyasida №4-son bilan joriy yilning 31 mart kuni ro‘yxatga olingan.

Ovchi – Rossiya Federatsiya fuqarosi Shirokovu Ye.P. esa Bo‘stonliq tumanida 1 ta qo‘ng‘ir ayiqni otib, u bilan vahshiylarcha suratga tushgan. Uning yana bitta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otishga ruxsatnomasi bor. Mazkur ayiqlar O‘zbekistonda atigi 150 dona atrofida qolgan.

O‘z navbatida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ushbu holatga “Qo‘mita rahbarining o‘zini ashaddiy bronkoner va bronkonerlikni qo‘llab quvvatlaydigan shaxs ko‘rinadi”, deya munosabat bildirdi. Deputat bu masalada parlament nazorati kerakligini ta’kidlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing