O‘zbekistonda qaysi vaksina bilan qancha odam emlangani ochiqlandi

Jamiyat

image

AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlash tadbirlari haqida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kungacha O‘zbekistonda emlanganlarning 62,5 foizi ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi,  34 foizi “Kovishild” va 3,5 foizi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan. 

Kunlik emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

Qurbonovning ta’kidlashicha, bir marotaba vaksina olgan shaxslar ikkinchi marta emlanish uchun murojaat qilishi rejadan orqada qolmoqda. Birinchi bor emlanganlar 28 kun ichida tibbiyot muassalariga ikkinchi bor emlanish uchun murojaat qilishlari lozim


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing