O‘zbekistonda qancha odam OITSga chalingani ochiqlandi

Salomatlik

image

O‘zbekistonda 45 ming kishi orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) bilan kasallangan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, OITSga chalinganlarinng 55 foizini erkaklar, 45 foizini ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga to‘lmagan bolalar tashkil etadi.

So‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida OIV bilan xastalangan homiladorlarning 98,8 foizi sog‘lom naslni dunyoga keltirmoqda.

OITS bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqoriligi ichki migratsiya hamda aholi sonini ko‘pligi hisobiga Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq, dunyoda bugungi kunda dunyo bo‘ylab 20 yoshgacha bo‘lgan 2,8 millionga yaqin bolalar, o‘smirlar va yoshlar orttirilgan immunitet virusi (OIV) bilan yashayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OITS

Baholaganlar

504

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing