OITS ro‘yxatida bo‘la turib, jinsiy xizmat ko‘rsatgan ayollar ushlandi (video)
3-sahifa
−
09 avgust 15074 2 daqiqa
Joriy yil 15 iyuldan 15 avgustga qadar davom etayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbirlarining 2-bosqichida Toshkent viloyatida OITS kasali bo‘la turib, jinsiy xizmat ko‘rsatgan ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Xususan, 1993 yilda tug‘ilgan ayol 4 nafar qizni poytaxtdan Bo‘stonliq tumaniga olib borib, ularni pul evaziga sutkalik jinsiy aloqa va intim xizmat ko‘rsatishga jalb qilgani aniqlangan. Ayol ushbu xizmatlar evaziga oldindan kelishilgan 800 dollarni nazorat ostidagi shaxsdan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi yana bir holatda, 3 qizni Bo‘stonliq tumanidagi dala-hovlida shu turdagi xizmatlarni ko‘rsatishga olib borgan ayol buning evaziga oldindan kelishilgan 1200 dollarning 600 dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tezkor profilaktik tadbirlarning 15 kuni davomida 5 ta holatda qo‘shmachilik, 12 ta fohishaxona saqlash, 4 ta OITSni tarqatish bilan bog‘liq jinoyat aniqlanib, tegishli tartibda chora ko‘rildi.
Mazkur holatlar yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) va 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda odam immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olganlar soni ortib bormoqda. 2024 yilda 5,1 milliondan ortiq fuqaro OIV/OITSga tekshirilgan va ularning 3903 nafarida ushbu kasallik aniqlangan. Uzoq muddat chet elda bo‘lib qaytgan 1,7 mln fuqaroning faqat 434 mingi yoki 25 foizi ixtiyoriy ravishda OIV/OITSga tekshirilgan va 1512 nafarida ushbu virus aniqlangan. Bu raqam esa 2023 yilga nisbatan 19 foizga o‘sgan.
Shuningdek, o‘tgan yilda 12,7 mingdan ortiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ixtiyoriy ravishda OIV/OITSga tekshirilgan hamda ularning 81 nafari shu kasallikka chalingani aniqlangan. Mehnat migrantlari orasida aniqlanayotgan holatlar o‘tgan yilga nisbatan 23,7 foizga oshgan. Ko‘plab mamlakatlarda, ayniqsa, postsovet hududida OIV va OITS infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar nafaqat shaxsiy darajada, balki mamlakatning rasmiy statistik ma’lumotlarida ham yashiriladi, kamaytirib ko‘rsatiladi. O‘zbekistondagi statistika esa qanday tahlillarga ko‘ra yuritilishi hamon mavhum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OITSga qarshi kurashish markazida ro‘yxatda turib, boshqa shaxslar bilan tartibsiz jinsiy aloqa qilgan 20 yoshli qiz ushlangandi. U jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilishiga qaramasdan 5 kishi bilan jinsiy aloqa qilgan.
Live
Barchasi