O‘zbekistonda qancha odam koronavirusga qarshi emlangani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda hozirgacha 4617 dan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni  Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, koronavirusga qarshi emlash jarayonini rejalashtirish va tibbiyot xodimlarini “Xavfsiz immunizatsiya” shartlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazish bo‘yicha vaksinatorlar ro‘yxati shakllantirilgan. 2021 yilning 1 fevralidan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash trening va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Xitoyning "Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasini xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasini oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida III faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 5000 nafar ko‘ngillilar orasida immunizatsiya tadbirlarini o‘tkazilishi uchun vaksina olib kelingan. Respublikaga 8 nafar xitoylik mutaxassis kelgan, bugungi kunda Innovatsiyani rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 3-faza klinik bosqichi o‘tkazilmoqda”, deydi Qurbonov.

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngillilarni tibbiy ko‘rikdan va skringdan o‘tkazish ishlari 2020 yilning 12 dekabridan boshlangan bo‘lib, 2021 yil 27 yanvariga qadar 9583 nafar ko‘ngilli tibbiy ko‘rik va suhbatdan o‘tkazilgan. Shu vaqt mobaynida jami 4617 nafar ko‘ngillida vaksinatsiyaning 3-klinik sinov bosqichlari amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

SSV AOKA vaktsina Botir Qurbonov

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing