O‘zbekistonda qancha odam ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilda O‘zbekistonda 3,2 million odam ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanmoqda. Bu o‘tgan yildan 44 foizga ya’ni 972 mingga oshgan. Bu haqda “We are social“ va “Hootsuite” ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistoning 18 340 000 yoki 55 foiz aholisi internetdan foydalanadi. Bu 2019 yilga qaraganda 7,1 foizga ko‘proq. Statistikaga ko‘ra, aholining 76 foizi yoki 25 140 000 o‘zbekistonliklar mobil telefonga egalar.

Shuningdek, aholining 50 foizi shaharlarda yashashi aytib o‘tilgan. Dunyo bo‘yicha bu ko‘rsatkich 55 foizga teng.

Ma’lum qilinishicha, dunyo bo‘yicha 5.19 milliard odam mobil telefondan foydalanadi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 2,4 foizga ko‘proqdir. 4,54 milliard odam esa internetdan foydalanadi. Ulardan 3,8 milliardi yoki dunyo aholisining 49 foizi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Internet Ijtimoiy tarmoq

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing