O‘zbekistonda qancha odam internetdan foydalanishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2023 yilning 1 yanvar holatiga, internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 26,7 milliontaga yetdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Keltirilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,3 foizga oshgan.

Hududlar orasida internet tarmog‘iga ulangan eng ko‘p abonentlar soni Toshkent shahrida - 5,4 million, eng kam abonentlar soni esa Sirdaryo viloyatida - 0,7 milliontani tashkil qilgan.

Esatib o‘tamiz, 2023 yilda O‘zbekiston keng polosali (simli) internet tezligi reytingida 24 pog‘ona yuqorilab 131-o‘rinni egallagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston internet abonentlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing