O‘zbekistonda qancha xonadonga gaz yetib bormayotgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Tez orada aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalarini tezkor va tizimli hal etib borish maqsadida tashkil etilgan Respublika shtabining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Unga Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raislik qilyapti.

Yig‘ilishda hozirgi vaziyat tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilishi, qilingan amaliy ishlar haqida mas’ullarning hisobotlari tinglanishi, shuningdek, holatni yanada barqarorlashtirish maqsadida yangi chora-tadbirlar ma’lum qilinishi kutilmoqda.

“Mana ikki kundan buyon hududlarda va mutasaddi vazirliklarda shtablar faoliyati ko‘rsatmoqda. Lekin, amaliy ishlar bilan birgalikda joylarda qator muammo va kamchiliklar hanuz kuzatilmoqda”, deydi Umurzoqov.

Yig‘ilishda aytilishicha, gaz quvurlarida bosimning me’yordan pastligi sababli respublika bo‘yicha jami 462 ta mahalladagi qariyb 62 mingta xonadonga tabiiy gaz yetib bormayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Umurzoqov

Baholaganlar

611

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing