Sardor Umurzoqov Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi
Jamiyat
−
14 iyul 8200 1 daqiqa
Sardor O‘ktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Prezidentning tegishli farmoni bilan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Sardor Umurzoqov 1977 yil 23 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.
2007 yilda Umurzoqov Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. U 2014-2017 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining maslahatchisi, 2017-2018 yillarda rais o‘rinbosari bo‘lgan. Uyushma qayta tashkil etilib, “O‘zcharmsanoat”ga aylantirilgach, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.
Sardor Umurzoqov 2019 yil 28 yanvarda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, 2022 yilning 16 iyul kuni Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangan.
2023 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilganidan so‘ng Sardor Umurzoqov Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va shundan beri u ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.
Live
Barchasi