O‘zbekistonda qancha qiz Internetdan umuman foydalanmagan? UNICEF hayratlanarli statistika e’lon qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar va yosh ayollarning 68 foizi hech qachon Internetdan foydalanmagan. Bu haqda UNICEF ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, UNICEF O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida kompyuter savodxonligi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatda kompyuter savodxonligi bo‘lmagan qizlarning ulushi 43,5 foizni, o‘g‘il bolalarniki 30,0 foizni tashkil qiladi. 

Aniqlanishicha, 14 – 30 yoshlardagi qizlar va yosh ayollarning 68 foizi hech qachon Internetdan foydalanmagan. 

“Bu ularning ta’lim olish va mehnat bozoridagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytiradi”, deyiladi UNICEF xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Internet

Baholaganlar

757

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing