O‘zbekistonda iPhone 16 uchun oldindan buyurtma berish rasman boshlandi

Bu qiziq

image

Bugun, 4 oktyabrdan boshlab O‘zbekistondagi rasmiy Apple hamkorlarida iPhone 16’ning butun liniyasi uchun oldindan buyurtma berish boshlanadi. 11 oktyabrda rasmiy mahsulot do‘konlarda paydo bo‘ladi. 13 oktyabrgacha buyurtma berganingizda, sizni Beeline tomonidan yoqimli bonuslar va Apple’ning original qoplamalari uchun 50% chegirma kutmoqda.

Ushbu sharhda biz qurilmani har kim uchun jozibador qiladigan iPhone 16 seriyasining asosiy xususiyatlari haqida sizga ma’lumot beramiz.

4-13 oktyabr oralig‘ida iPhone 16 liniyasining istalgan modeliga oldindan buyurtma bering va Beeline’dan 6 oyga MULTI MAX tarifini sovg‘a sifatida oling! Tarifga har oyda 70 GB internet, cheksiz tungi internet va qo‘ng‘iroqlar kiradi. Shuningdek, siz Apple’ning original qoplamalari uchun 50% chegirmadan foydalanishingiz mumkin.
Rasmiy hamkorlar qulay xarid qilish shartlarini taklif etadi: iSpace, Beeline, CA.store, Mediapark, Radius.

Avvalo, sharhga o‘tishdan oldin, Apple texnikasini faqat rasmiy Apple hamkorlaridan xarid qilish kerakligini eslatib o‘tamiz. Bu yerda siz savdo boshlanishining birinchi kunlarida maxsus foydali takliflar, qurilmani tanlashda to‘g‘ri maslahatlar va rasmiy xizmat ko‘rsatishni olasiz. 

iPhone 16 seriyasi shov-shuvli iOS 18 bilan taqdim etiladi. Keling, ushbu operatsion tizim qanday asosiy “xususiyatlar” taklif etishini ko‘raylik.

  1. Bosh sahifani shaxsiylashtirish. Ikonlarning ranglarini, joylashuvini va o‘lchamini o‘zgartiring. Tezkor kirish tugmalari ham xohlaganingizdek bo‘lishi mumkin.
  2. Parollar dasturi. Turli xil xizmatlar uchun parollarni eslab qolish yoki yozib qo‘yish zarurati yo‘q — endi barcha parollar ishonchli ravishda telefoningizda saqlanadi va zarurat tug‘ilganda Apple qurilmalariz bilan xavfsiz sinxronlanadi.
  3. Face ID orqali dasturlarni bloklash va dasturlarni yashirish imkoniyati. Siz qaysi dasturlarni Face ID orqali bloklash va qaysilarini bosh ekrandan yashirishni o‘zingiz tanlashingiz mumkin.
  4. Aqlli kalkulyator. Qiyin vazifalarni hal qilish ancha osonlashdi, chunki endi buni iPhone kalkulyatori osonlikcha bajara oladi.
  5. Video suratga olishda pauza tugmasi.

iPhone kamerasi pauza tugmasi bilan to‘ldirildi, bu esa to‘liq videoni bitta fayl sifatida olish imkonini beradi — faqat pauza tugmasini bosing, sahnani o‘zgartiring va suratga olishni davom ettiring!

Xo‘sh, iPhone 16 seriyasida yana nima yangiliklar bor?

iPhone 16 Pro to‘rt ob’ektivli haqiqiy foto studiyaga ega bo‘ldi! Kechki suratlar? Oson! Endi haqiqatan ham studiya sifatida suratga olish imkoniyati mavjud, chunki slow motion videolarni 4K formatda suratga olish mumkin. 

iPhone 16 liniyasining xususiyati kamera boshqaruv tugmasi bo‘lib, bu suratga olish jarayonini yanada oson va qiziqarli qiladi. 

Pro-versiyasida yangi Desert Titanium rangli korpus paydo bo‘ldi, shu bilan birga bizga tanish Black Titanium, White Titanium va Natural Titanium ranglari ham saqlanib qoldi. 

Baza modellari iPhone 16 ranglari ham yangilandi — bu yorqin Ultramarine, Teal, Pink va klassik Black va White ranglari. iPhone 16 va iPhone 16 Plus yangilangan kamera moduliga ega. Qolaversa, kameralar o‘zlari kuchaytirildi va korpusda iPhone 16 Pro’dagidek Camera Control tugmasi paydo bo‘ldi. 

Bundan tashqari, Apple bizga yana bir necha yangiliklarni taqdim etdi — yangilangan AirPods 
quloqchinlari liniyasi va yangi Apple Watch modellari.

•  AirPods 4-avlodi shovqinni kamaytirish funksiyasi bilan va funksiyasiz ikki versiyada paydo bo‘ldi.
•  AirPods Max endi USB-C porti bilan ta’minlangan va yangi ranglarda mavjud.
•  Eng zamonaviy AirPods Pro esa eshitish darajasini aniqlash va olingan natijalar hisobga olinib, tovushni moslashtirish imkoniyatiga ega.

Yangi Apple Watch 10 seriyasi yanada ingichka korpus va Apple Watch Ultra’dan ham katta displeyga ega bo‘ldi. Apple Watch Ultra esa sportchilar uchun yangi imkoniyatlar bilan to‘ldirildi — uning muxlislari befarq qolmasligi aniq.

Oldindan buyurtma berish yangi Apple Watch va AirPods modellarida ham allaqachon rasmiy Apple hamkorlarida mavjud, rasmiy sotuvlarning boshlanishi esa 11 oktyabrga rejalashtirilgan.

Oldindan buyurtma berishni O‘zbekistonning rasmiy Apple hamkorlarida amalga oshirishingiz mumkin. iSpace, Beeline, CA.store, Mediapark, Radius.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Apple iPhone 16

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made