O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish yangi bosqichga o‘tadi
Jamiyat
−
15 dekabr 2019
5384Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarornim imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 2020 yil 1 mayga qadar xalqaro tashkilotlar, jamoatchilik, soha mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida keng muhokama qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqiladi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining to‘liq bajarilishi ta’minlanadi. Fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtiriladi.
Shuningdek, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimi yaratiladi.
Qonunchilikka va davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy faoliyatiga inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligi oshiriladi.
Hujjatda aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan, bu borada samarali axborot va ma’rifat tarqatish, ta’lim berish faoliyatini tashkil etish ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tariladi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi