O‘zbekistonda ingliz tilini bilish darajasi “juda past” deb baholandi 

Jamiyat

image

EF English Proficiency Index dunyoning turli mamlakatlarida ingliz tilini bilish bo‘yicha tadqiqot olib bordi. O‘zbekiston 112 mamlakat orasida 88-o‘rinni egalladi. 

Reytingda O‘zbekiston Albaniya va Suriya o‘rtasida joylashgan ingliz tilini bilish darajasi “juda past” deb baholanadigan davlatlar guruhiga kirdi. 

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari orasida Qozog‘iston 96-o‘rinda, Qirg‘iziston 101 va Tojikiston 103-o‘rinda qayd etilgan. Turkmaniston reytingga kiritilmagan. 

Ingliz tilini bilish bo‘yicha ro‘yxatda Niderlandiya, Avstriya va Daniya yetakchilik qilmoqda.

So‘nggi bir yil ichida odamlarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi keskin kamaydi. Pandemiya tufayli odamlar sayohat qilishni, xizmat safarlariga borishni kamaytira boshladi va tilni o‘rganish yoki bilish darajasini saqlab qolish zarurati yo‘qoldi. 

Ma’lumot o‘rnida, tadqiqot 2019 yilda 100 ta, 2021 yilda esa 112 ta davlat o‘rtasida o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston ingliz tili

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing