O‘zbekistonda ilmiy-ta’lim sun’iy yo‘ldoshi ishlab chiqariladi 

Texnologiya

image

O‘zbekistonda CubeSat ilmiy-ta’lim sun’iy yo‘ldoshi ishlab chiqariladi va uchiriladi. Bu haqda AOKAda “O‘zbekkosmos” agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, shu yilning 26-27 aprel kunlari Toshkentda 30 dan ortiq davlatdan 250 dan ziyod kosmik korporatsiya, agentlik va qo‘mita vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. 

Konferensiyada Turkiya, AQSH, Qozog‘iston va BAA bilan bir qator qo‘shma loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishilib, soha uchun yangi kadrlar tayyorlashga qaratilgan fikrlar aytilgan.

Konferensiya doirasida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlar kosmik agentliklari va tegishli idoralari rahbarlarining 2-yig‘ilishida yoshlar uchun Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan Space Camp Turkiye oromgohida ta’lim dasturini tashkil qilishga kelishilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning mart oyida kuni “O‘zbekkosmos” agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi Shuhrat Qodirov O‘zbekiston kosmosga 2030 yilgacha sun’iy yo‘ldosh uchirishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston sun'iy yo'ldosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing