Yer orbitasida bitta yadroviy bomba portlasa nima böladi?

Bu qiziq

−

image

AQŞ tadqiqotçilarining modellaştiriş natijalari şuni körsatdiki, kosmosda bir megatonna quvvatga ega jangovar kallakning portlaşi ikki hafta içida past Yer orbitasidagi deyarli barça apparatlarni yöq qiladi. Bu haqdagi tadqiqot “ScienceAlert” tomonidan e’lon qilindi.

Qayd etilişiça, kosmosdagi bitta yadro portlaşi atigi 15 kun içida past Yer orbitasidagi sun’iy yöldoşlarning 99,4 foizini işdan çiqarişga qodir. Madisondagi Viskonsin universiteti (UW) va Prinston universiteti tadqiqotçilari şunday xulosaga kelgan. “ScienceAlert” ilmiy portali xabariga köra, mutaxassislar aloqa, internet va ob-havo prognozlarini ta’minlovçi 13 300 dan ortiq faol kosmik apparatlar mavjud bölgan Janubiy Atlantika ustidagi 500 kilometr balandlikda 1 megatonna quvvatga ega yadroviy jangovar kallak portlaşining oqibatlarini modellaştirgan.

Zak Pitersen boşçiligidagi guruh hisob-kitoblariga köra, Yerning magnit maydoni zaiflaşgan Janubiy Atlantika magnit anomaliyasi hududidagi portlaş tutilib qolgan radioaktiv zarraçalardan iborat sun’iy radiatsiya belboğining şakllanişiga olib keladi. Uşbu zona orqali uçib ötayotgan sun’iy yöldoşlar kritik darajadagi nurlaniş dozalarini oladi: bir sutkadan söng apparatlarning 25 foizi, uçinçi kun oxiriga borib 78 foizi, bir haftadan keyin 98 foizi, 15-kuni esa 99,4 foizi işdan çiqadi. Hatto kuçaytirilgan radiatsiyaviy himoya mavjud bölgan taqdirda ham, sun’iy yöldoşlarning 99,3 foizi bir oy içida yöq böladi. Kamroq quvvatli – 100 kilotonnalik zaryaddan foydalanilganda esa bu jarayon taxminan bir yil davom etadi.

Iş mualliflari 1962 yildagi “Starfish Prime” sinovini eslatib ötgan. Öşanda Tinç okeani ustida 400 kilometr balandlikda 1,4 megatonna quvvatga ega portlaş bir neçta apparatlarni işdan çiqargan va kosmosda yadro quroli sinovlarini taqiqlaş töğrisidagi şartnomaning imzolanişiga sabab bölgan. Bugungi kunda sun’iy yöldoşlar ustidan boşqaruvning yöqotilişi töqnaşuvlarning zanjirli reaksiyasini ham keltirib çiqaradi – ikki yil içida 20 ga yaqin avariya yuz beradi, ön yil içida esa orbitada 3900 ga yaqin yangi kosmik çiqindi bölaklari hosil böladi, bu esa yillar davomida yangi apparatlarni uçirişni bloklab qöyadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing