O‘zbekistonda ilk bor yura davrigacha bo‘lgan qatlamlardan gaz olindi

Jamiyat

image

Bugun, 27 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Shimoliy Muborak” gaz kondensati konida gidravlik parchalash (GRP) uslubidan foydalangan holda O‘zbekistonda ilk bor yura davrigacha bo‘lgan qatlamlardan kuniga 400 ming m3 gaz oqimi olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar bermoqda. 

Gazli ob’ekt “Shimoliy Muborak” konida 53 sonli quduqni burg‘ulash va o‘zlashtirish natijasida aniqlangan. Shu tarzda paleozoy fundamentida joylashgan yura davrigacha bo‘lgan qatlamlarda unumdor gorizont aniqlandi (shamollatish qobig‘i).

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda ilk bor ushbu qatlamlardan sanoat gazi olingan.

Hozirgi paytda tadqiqotchilar gaz va kondensatning sanoat tavsiflarini va tovar xossalarini o‘rganish maqsadida ishga kirishgan.

Kelgusida ushbu qatlamlar “Janubiy Muborak”, “Shumak” va “Sho‘rtepa” konlarida ham aniqlanishi mumkin. Ushbu gazli ob’ekt razvedkagacha xossaga ega bo‘lib, ayni damda qidirish-baholash ishlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi Qashqadaryo Shimoliy Muborak

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing