O‘zbekistonda gazlangan va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i solinadi
Jamiyat
−
04 yanvar 2024 6860 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yilning 1 aprelidan gazlangan va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi. Bu haqda “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda belgilandi.
Hujjatda keltirilishicha, tarkibida shakar va boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklarning (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) 1 litri uchun 500 so‘m, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarning 1 litri uchun 2 000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i solinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan sotiladigan AI-80 markali benziniga nisbatan aksiz solig‘ini "nol" stavkada qo‘llash muddati tugagani haqida xabar bergandik.