O‘zbekistonda futbol darvozaboni “kalla qo‘yib”, raqibining burnini sindirdi (video)

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro ligasining 4-turi doirasida o‘tkazilgan “Mash’al” - “Sho‘rtan” bahsida janjalli vaziyat yuzaga kelgani haqida video tarqaldi.

Videoda “Sho‘rtan” darvozaboni Sherzod Abduraimov boshi bilan “Mash’al” futbolchisiga zarba berib, raqibining burnini sindirganini ko‘rish mumkin. 

Holatni bevosita guvohi bo‘lgan uchrashuv hakami esa Abduraimovga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatib, uni maydondan chetlatgan. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) QALAMPIR.UZ'ga mazkur holat bo‘yicha tez orada rasmiy munosabat bildirishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Sho‘rtan” darvozaboni Sherzod Abduraimov o‘z vaqtida “Turon” - “Neftchi” o‘yinidan so‘ng hakamni kaltaklagani uchun bir yilga futboldan chetlatilgan. Diskvalifikatsiya muddati yakunlangach posbon faoliyatini G‘uzor klubida davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mash'al Sherzod Abduraimov Sho'rtan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing