O‘FA qo‘mitasi “kalla qo‘ygan” darvozabon ishini ko‘rib chiqadi

Sport

image

Avvalroq, futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro ligasi 4-turi doirasida “Mash’al”-“Sho‘rtan” bahsida janjalli vaziyat yuzaga kelgani xabar qilingandi. Holat bo‘yicha O‘zbekiston Professional ligasi (O‘zPFL) munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Mash’al” - “Sho‘rtan” uchrashuvining 87-daqiqasida mehmonlar posboni Sherzod Abduraimov sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakatni amalga oshirgan. U avvaliga o‘z darvozasidan ikkinchi golni o‘tkazib yuborgan, keyin esa uni nishonlayotgan “Mash’al” futbolchisi Ibrohim G‘anixonovning yuz qismiga boshi bilan zarba berib, raqibini jarohatlagan.

Bu Sherzod Abduraimov bilan sodir etilayotgan nomaqbul harakatning birinchisi emas. U 2020 yilning 1 dekabr kuni Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Farg‘onaning ikki klubi – “Neftchi” va “Turon” o‘rtasidagi uchrashuvda ham o‘z xulqi bilan yodda qolgandi. Bellashuvni boshqarib borgan hakamga hujum qilganlar orasida Abduraimov ham bo‘lib, O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi buning uchun darvozabonni 1 yil muddatga futboldan chetlatgan va 15 million so‘m jarimaga tortgandi. 

“Kecha, 3 aprel bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Sho‘rtan” futbolchisi o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan avvalgi sanksiyadan tegishli xulosa chiqarmagani ko‘rindi. Shundan kelib chiqib, uning navbatdagi qo‘pol xatti-harakati O‘FA qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Mash'al Sherzod Abduraimov Sho'rtan O'zbekiston Professional ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing