O‘zbekistonda Eldor Shomurodov futbol akademiyasi ochiladi

Sport

image

Surxondaryo viloyatida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Italiyaning “Kalyari” klubi a’zosi Eldor Shomurodov futbol akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun,13 dekabr kuni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida joylashgan futbol akademiya negizida Eldor Shomurodov futbol akademiyasini qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishgan.

Qurilish ishlari 2024 yil yanvar oyidan boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, akademiya 154 o‘ringa mo‘ljallangan. Loyihada yopiq va ochiq stadionlar, yotoqxona, oshxona hamda boshqa yordamchi binolar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Eldor Shomurodov Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U futbolga ilk katta qadamlarini Qashqadaryoning “Mash’al” klubida tashlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Italiya Mash'al Kal'yari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing