O‘zbekistonda Fayzullayevning SSKAga o‘tishiga salbiy munosabatda bo‘lishgan

Sport

image

Rossiyaning SSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi vingeri Abbosbek Fayzullayevning “Paxtakor”dan  SSKAga o‘tayotgani ko‘plab mutaxassislar tomonidan ijobiy qabul qilinmagan. Bu haqda futbolchining o‘zi “Championat” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ma’lum bo‘lishicha, dastlab O‘zbekistonda uning sport faoliyatini “armiyachilar” safida davom ettirish qaroriga salbiy munosabat bildirishgan. Unga bo‘yi pastroqligi tufayli RPLda o‘ynay olmasligini aytishgan. Ya’ni, mutaxassislar fikricha, futbolchi jismoniy jihatdan Rossiya chempionati darajasiga to‘g‘ri kelmasdi. Shuning uchun Fayzullayevni tez orada O‘zbekistonga qaytishi taxmin qilingan.

Fayzullayevga ko‘ra, unga nisbatan ishonchsizlik futbolchiga katta motivatsiya bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Abbosbek Fayzullayev “qizil-ko‘klar” safida RPLda 18 ta uchrashuv o‘tkazdi. U o‘z nomiga 2 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. 20 yoshli futbolchi Moskva klubida safida ketma-ket uch marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni uddaladi.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing