O‘zbekistonda eng yuqori pensiya qaysi hududda beriladi?

Jamiyat

image

2021 yil  sentyabr holatiga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi tizimida hisobga olingan pensiya oluvchilarning bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori 924 780 so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

2021 yil sentyabr oyida bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori Toshkent shahrida 1 250 992 so‘mga, Navoiy viloyatida 1 176 323 so‘mga, Toshkent viloyatda 1 012 617 so‘mga, Buxoro viloyatida 941 411 so‘mga, Sirdaryo viloyatida 936 392 so‘mga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 918 930 so‘mga, Samarqand viloyatida 902 172 so‘mga, Qashqadaryo viloyatida 876 728 so‘mga, Xorazm viloyatida 870 800 so‘mga, Surxondaryo viloyatida 850 685 so‘mga, Jizzax viloyatida 848 930 so‘mga, Farg‘ona viloyatida 836 856 so‘mga, Namangan viloyatida 802 125 so‘mga va Andijon viloyatida 801 640 so‘mga yetdi.

2021 yil 1 oktyabr holatiga respublika bo‘yicha pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 548 093 nafarni tashkil qilib umumiy aholi sonidagi ulushi 10,2 foizni tashkil qilgan holda 1991 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 1 389 098 nafarga yoki 64,3 foizga ko‘paygan.

Pensiya oluvchilarning umumiy soni hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

•    Farg‘ona viloyatida 462 204 nafar;
•    Samarqand viloyatida 424 501 nafar;
•    Andijon viloyatida 374 219 nafar;
•    Toshkent viloyatda 370 149 nafar;
•    Toshkent shahrida 354 577 nafar;
•    Qashqadaryo viloyatida 354 344 nafar;
•    Namangan viloyatida 315 113 nafar;
•    Surxondaryo viloyatida 275 980 nafar;
•    Buxoro viloyatida 241 975 nafar;
•    Xorazm viloyatida 219 107 nafar;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 217 127 nafar;
•    Jizzax viloyatida 138 559 nafar;
•    Navoiy viloyatida 131 965 nafar;
•    Sirdaryo viloyatida 103 140 nafar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-2021 yillardagi Farmonlariga asosan pensiyalarning miqdori 67 marotaba oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

408

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing